O‘zbekistonda tarovih namozi o‘qiladigan vaqtlar maʼlum bo‘ldi
Respublika bo‘ylab tarovih namozi 10 martdan boshlanadi.

2024 yil 10 mart, yakshanba kuni xufton namozidan so‘ng O‘zbekiston majidlarda tarovih namozi boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.
Tarovih namozi hududlar kesimida quyidagi vaqtlarda boshlanadi:
-
Farg‘ona viloyati — 20:15;
-
Namangan viloyati — 20:15;
-
Andijon viloyati — 20:30;
-
Toshkent viloyati — 20:30;
-
Toshkent shahri — 20:30;
-
Sirdaryo viloyati — 20:30;
-
Jizzax viloyati — 20:30;
-
Samarqand viloyati — 20:45;
-
Qashqadaryo viloyati — 20:45;
-
Surxondaryo viloyati — 20:45;
-
Navoiy viloyati — 20:50;
-
Buxoro viloyati — 20:50;
-
Xorazm viloyati — 21:10;
-
Qoraqalpog‘iston respublikasi — 21:10.







