O'zbekiston

Hindiston jurnalida O‘zbekiston hayotidagi so‘nggi voqealar haqida materiallar chop etildi

Maqola muallifi O‘zbekistonda maʼnaviy-maʼrifiy sohada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganiga to‘xtalib o‘tgan.

Hindiston jurnalida O‘zbekiston hayotidagi so‘nggi voqealar haqida materiallar chop etildi

 

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida "Business Central Asia" (Hindiston) jurnalining yanvar oyidagi sonida mamlakat hayotiga bag‘ishlangan turkum materiallar eʼlon qilindi.

 

Jurnal muqovasining bosh sahifasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning portreti chop etilgan va maʼnaviy qadriyatlarning zamonaviy o‘zbek jamiyati hayotidagi ahamiyatiga oid quyidagi so‘zlari keltirilgan: "Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur".

 

"Maʼnaviyat yangi harakatga aylanishi kerak" sarlavhali maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi yakunlari haqida so‘z yuritilgan.

 

Maqola muallifi so‘nggi yillarda O‘zbekistonda maʼnaviy-maʼrifiy sohada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganiga to‘xtalib o‘tgan. Maʼnaviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi hamda Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti tashkil etildi. "Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida"gi qonun qabul qilingani soha rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbek milliy anʼanalarini asrab-avaylash va boyitish maqsadida Maqom, Baxshichilik va Askiya sanʼati markazlari tashkil etildi.

 

Nashr o‘quvchilari eʼtiboriga ushbu yo‘nalishdagi boshqa muhim chora-tadbirlar va saʼy-harakatlar haqida ham batafsil maʼlumot taqdim etilgan.

 

"Davlat rahbari to‘qqizta yo‘nalishda o‘z fikrlarini bildirib, muhim tashabbuslarni ilgari surdi, – deyiladi materialda. – Avvalo, maʼnaviyat va madaniyat sohasi uchun metodik asos bo‘lib xizmat qiladigan milliy g‘oyani rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturiy hujjat ishlab chiqish lozimligi taʼkidlandi. Prezident buyuk maʼrifatparvar Ibrat domlaning "Ulamo g‘ayrat etkanda millat, albatta, isloh topur", degan hikmatli so‘zlarini keltirib o‘tdi. Ziyolilar, nuroniylar, haj va Umraga borib kelgan yurtdoshlar maʼnaviyat targ‘ibotchisi bo‘lishi, odamlarni yaxshilikka boshlashi kerakligi aytildi. Shunday ekan, bundan keyin ham taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor izchil davom ettiriladi. Bu borada ham tenglik taʼminlanishi, xususan, qiz bolalarning o‘qishi va kasb-hunar egallashi jamiyat rivojida muhim ekani alohida qayd etildi. "Bugun maʼnaviyat boshqa sohalardan o‘n qadam oldinda yurishi, maʼnaviyat yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak", dedi Prezident".

 

Nashr jurnalisti O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Respublika kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan barcha muhim vazifalarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini izchil yoritib bergan.

 

Jurnaldagi yana bir material mamlakatimizning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga bag‘ishlangan. Unda 2024 yilda yalpi ichki mahsulotni kamida 6 foizga oshirish va uni 100 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgani alohida taʼkidlangan.

 

"Islohotlarni jadallashtirish uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tilmoqda – O‘zbekiston" sarlavhali maqolada Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonni iqtisodiy, ijtimoiy va iqlimiy islohotlarning yangi avlodini amalga oshirishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taraqqiyot siyosati amaliyotini maʼqullagani maʼlum qilingan.

 

"Ushbu islohotlardan ko‘zlangan maqsad mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini jadallashtirish, barcha fuqarolar uchun iqtisodiy imkoniyatlardan birdek foydalanishni taʼminlash va barqaror o‘sish uchun mustahkam poydevor yaratishdan iborat", deb taʼkidlaydi "Business Central Asia".

 

Hind nashri O‘zbekiston 2026 yilga borib kambag‘allik darajasini ikki baravar kamaytirish va 2030 yilga borib o‘rtadan yuqori daromadli iqtisodiyot maqomiga erishishni maqsad qilgani haqida xabar qilgan.

 

O‘zbekiston hayotiga oid boshqa maqola va xabarlar jurnal o‘quvchilariga keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil va maqsadli yangilanish jarayoni haqidagi bilim va tasavvurlarini boyitish uchun qulay imkoniyat taqdim etgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.