O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi o‘zgardi
Ushbu lavozimga Oybek Shaxavdinov tayinlandi.

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA axborot agentligi xabar berdi.
Bundan oldin u Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
O.Shaxavdinov O‘zbekistonning qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan Vengriyadagi birinchi elchisi sanaladi.







