Shveysariya Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainaga bermoqchi
Muzlatilgan aktivlarning qiymati 8 mlrd dollardan oshadi.

Shveysariya Senati Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainaga berishni yoqlab ovoz berdi.
Shveysariya Kantonlar kengashi Rossiya bankining muzlatilgan aktivlaridan Ukraina ehtiyojlari uchun foydalanish g‘oyasini maʼqulladi. Endilikda Shveysariya hukumati Kiyevga yordam berish uchun mazkur rus aktivlaridan foydalanish bo‘yicha xalqaro huquqiy bazani yaratish ustida ish boshlashi mumkin. Hukumat bunday qadam tashlashga qaror qiladimi yoki yo‘qmi, hozircha maʼlum emas.
Shveysariya banklaridagi Rossiyaga tegishli muzlatilgan aktivlarning qiymati 8 milliard dollardan oshadi.







