Bir yilda qancha magistr ayollar tayyorlangani maʼlum bo‘ldi
Ctatistika agentligi bu bo‘yicha raqamlarni ochiqladi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yilida oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura yo‘nalishini 7 918 nafar xotin-qizlar bitirgan.
Bitiruvchi xotin-qizlar soni sohalar bo‘yicha quyidagicha:
- taʼlim – 2 359 nafar;
- sanʼat va gumanitar fanlar – 1 768 nafar;
- tabiiy fanlar, matematika va statistika – 885 nafar;
- muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 731 nafar;
- biznes, boshqaruv va huquq – 620 nafar;
- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 543 nafar;
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taʼminot – 392 nafar;
- qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligi va veterinariya – 265 nafar;
- xizmatlar – 179 nafar;
- axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 176 nafar.







