Qashqadaryoda direktor o‘quvchilarning boshini bir-biriga urishtirib, kaltakladi
Holat yuzasidan MMTB rasmiy izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi maktablardan birining direktori o‘g‘il bolalarning boshini bir-biriga urishtirib, kaltaklayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
Maʼlum qilinishicha, voqea bundan bir yil avval, 2023 yilning fevral oyida viloyatning Yakkabog‘ tumanidagi 80-maktabda sodir bo‘lgan.
Hozirda maktab direktorining faoliyati yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Boshqarma bu kabi holatlarni qoralaydi va direktorning ijtimoiy xavflilik darajasi o‘rganilib, unga nisbatan huquqiy chora ko‘rilishini bildiradi.







