O'zbekiston

Sunʼiy intellektga ega IELTS Mock platformasi yaratildi

U orqali test topshirib, natijalarni bepul bilib olish mumkin.

Sunʼiy intellektga ega IELTS Mock platformasi yaratildi

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Behzod Shuhratov va Javohir Shomuratov ingliz tilidan bilim darajasini onlayn aniqlash imkoniyatini beruvchi Examy.uz - IELTS Mock platformasini ishlab chiqishdi.

 

Bu platformada foydalanuvchilar IELTSning har to‘rtala — Listening, Reading, Writing hamda Speaking qismlarida test topshiradilar va taxminiy IELTS darajalarini bilib olishlari mumkin.

 

Platforma afzalliklari:

  • testni to‘liq yoki har bir qismni alohida topshirish mumkin ;
  • natijalar 1 daqiqa ichida maʼlum bo‘ladi;
  • xatolarni ko‘rish va tavsiyalar olish;
  • istalgan joydan turib kompyuter yoki telefonda test topshirish imkoniyati bor.