Salomatlik

Ramazonda noto‘g‘ri ovqatlanish salomatlikka ziyon

JSST ro‘zadorlarga sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar eʼlon qildi.

Ramazonda noto‘g‘ri ovqatlanish salomatlikka ziyon

 

Ramazon oyida noto‘g‘ri ovqatlanish inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining taʼkidlashicha, ro‘zadorlar sog‘lom ovqatlanish tavsiyalariga amal qilib, ortiqcha vazndan xalos bo‘lish, qon bosimi va organizmdagi xolesterin miqdorini pasaytirishga erishish mumkin.

 

Iftorlik va saharlik oralig‘ida ko‘p miqdorda suv ichish tavsiya etiladi. Kunduzi havo harorati yuqori bo‘lganda ko‘p terlashni keltirib chiqarishi mumkin.

 

Shu bois kun davomida yo‘qotilgan suyuqlik o‘rnini qoplash ehtiyoji yuzaga keladi. Buning uchun esa ko‘proq suv ichish tavsiya etiladi.

 

Sersuv mahsulotlar tanovul qilish orqali ham bu meʼyorni qisman qoplash mumkin. Masalan, saharlik paytida yoki iftorlikdan keyin dessert sifatida ho‘l mevalardan yeyish foydali.

 

Achiq-chuchuk” salati tarkibidagi bodring va pomidor ham sersuv neʼmatlar hisoblanadi.

 

Sho‘rva yoki sabzavotli salatlar singari suvga boy taomlarni ham isteʼmol qilish mumkin.

 

Tarkibida kofein mavjud bo‘lgan mahsulotlar — kofe, kola kabi ichimliklardan voz kechib turgan maʼqul. Chunki bu modda inson organizmida suv miqdori kamayishiga olib keladi.

 

Kun davomida juda doimiy harakat qilish organizmning ko‘p miqdorda suv yo‘qotishiga olib keladi. Qisqa muddatli sayr yoki chigalyozdi mashqlari sizni tonusda ushlab turishi mumkin. Ammo kun bo‘yi harakatsiz o‘tirish ham tavsiya qilinmaydi.

 

“Og‘izni yopish”dan oldin ovqat yeyish lozim. Saharlik paytida yengil taomlanish, ayniqsa, ro‘za tutishni maqsad qilgan katta yoshdagi insonlar, o‘smirlar, homilador ayollar, emizikli farzandi bor onalar hamda bolalar uchun juda muhim!

 

Yengil nonushta sifatida sabzavotlar, tarkibida uglevod bo‘lgan donli nonlar yoki bulochkalar, sut mahsulotlari (tuzsiz pishloq, suzma, sut) yoki tuxum kabi oqsilga boy neʼmatlarni isteʼmol qilish foydali.

 

Ammo shunday toifadagi bemorlar borki, ro‘za tutish ularning salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

 

Mutaxassislar fikricha, jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishini talab qiluvchi va operatsiyadan keyingi davrda bemorlar ro‘za tutishi maqsadga muvofiq emas.

 

Bundan tashqari, doimiy ravishda dori ichishi kerak bo‘ladigan yurak-qon tomir, buyrak va jigar xastaliklarining og‘ir ko‘rinishlari hamda qandli diabetda ham ushbu amalni bajarish tavsiya etilmaydi.

 

Qolaversa, og‘riq bilan kechadigan va og‘riq qoldiruvchi dorilarni muntazam qabul qilishi talab qilinadigan, xususan, sil va onkologik kasalliklarining ayrim turlarida ham ro‘za tutish mumkin emas.

 

Ular ro‘za tutish niyatida bo‘lsalar, avvalo, shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"