Sirdaryoda zapravka portlagani aytilmoqda
Holat bo‘yicha FVB maʼlumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatidagi metan zapravkalardan birida kuchli portlash yuz bergani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat FVB rasmiy maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 9 mart kuni soat 21:10 larda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidagi Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasidagi Kompressor qismining bir bo‘lagi shikastlangan. Hodisa oqibatida chaqnash va yong‘in sodir bo‘lmagan, insonlarning tan jarohati olishi va halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan. Shikastlangan qurilma gaz shoxobchasi hududidan uzoq masofada joylashgan.
Hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







