O'zbekiston

Ikki kunlik o‘rganishda 188 ming maktab o‘quvchisi sababsiz dars qoldirgani aniqlandi

Milliy gvardiyaning maʼlum qilishicha, taʼlim-tarbiya borasidagi majburiyatlarni bajarmagan to‘rt minga yaqin ota-onalar jarimaga tortilgan.

Ikki kunlik o‘rganishda 188 ming maktab o‘quvchisi sababsiz dars qoldirgani aniqlandi



Davlatimiz rahbarining 5 fevral kuni ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida, maktablardagi tarbiya va maʼnaviyat masalasiga alohida urg‘u berilib, darslardagi davomat 70% ni tashkil etayotgani va o‘tgan yili maktab o‘quvchilari o‘rtasida 2 ming 280 ta jinoyat sodir etilganiga tanqidiy baho berilgan edi.

 

Shu bois ushbu sohada yangi tizim joriy etilib,Milliy gvardiyaga o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet” hosil qilish, maktablardagi axloqiy-ruhiy muhitni o‘rganish, “maktab oila  mahalla” zanjirini mustaxkamlash va davomatni yaxshilashga ko‘maklashish borasida aniq vazifalar belgilab berildi.                                                       

   Mazkur vazifalarning amaliy ijrosini taʼminlash borasida Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligida joriy yilning 6-8 fevral kunlari dastlabki o‘rganish ishlari natijasida darslarga  sababsiz 188 000 o‘quvchi kelmaganligi aniqlangan.  

 

Hozirda joylarda amalga oshirilayotgan yangi tizimdagi, maktablardagi inspektor-psixologlar va mahalla yettiligi  hamkorlikdagi ishlar o‘z samarasini bermoqda.Xususan, viloyatlar buylab olib borilayotgan manzilli ishlar doirasida tuman va mahallalar kesimida har bir maktab o‘rganilmoqda va unda darsga kelmagan 146 277 o‘quvchidan 96 708 nafari (1,5%) kasal va javob so‘raganlar, 49 569 nafari (0,8%) darsga sababsiz kelmaganlarni tashkil qiladi.   

                                        

Shuningdek, kasallik baxonasi bilan darsga qatnashmaslik xolatlari xam o‘rganilmoqda. Birgina Qashqadaryo viloyati misolida olsak. O‘tgan xaftada kasal deb belgilangan o‘quvchilarning uylariga borib o‘rganilganda 50 ta holatda kasal emasligi, aksincha sababsiz darsga kelmaganligi aniqlangan. O‘quvchilarning barchasi darslarga qaytarilib, ota-onalariga maʼmuriy javobgarlik choralari ko‘rildi.

 

Bu kabi holatlar Respublikamizning barcha xududlarida qayd etilgan. Shu bois, Taʼlim-tarbiya borasidagi majburiyatlarni bajarmagan 124 ming nafar ota-onalar rasmiy ogoxlantirildi, to‘rt minga yaqiniga  Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga  ko‘ra maʼmuriy chora ko‘rildi.   

                                                 

Sababsiz darsga kelmay yurgan o‘quvchilarni maktabga qaytarish bo‘yicha 104 ming nafardan ortiq ota-onalar bilan  joylarda uchrashuvlar o‘tkazildi. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida respublikadagi maktablarda davomat ijobiy tomonga o‘zgarib, darsga kelmayotgan o‘quvchilar kuniga o‘rtacha 30 mingtaga kamayib bormoqda.

 

Mazkur ishlar, maktablarda dars boshlanishi bilan kelmagan o‘quvchilar to‘g‘risida o‘qituvchilarning o‘z vaqtida inspektor-psixologga maʼlumot berishi va inspektor psixologning mahalla raislari bilan o‘zaro hamkorlikdagi, o‘quvchi yashash xonadoniga yetib borib ota-onasi bilan uchrashishi va aniqlik kiritishi bilan  amalga oshirilmoqda. Bu bilan maktab direktori va o‘qituvchilarning davomatga umuman javob bermasligi va darslarni sifatli o‘tishiga imkon yaratildi. 

 

Joriy yilning 6-fevral kunidan 7 mart kuniga qadar Yangi tizimda amalga oshirilgan ishlar natijasida, 1 mln. 769 ming nafar o‘quvchi maktablarga qaytarildi. Hozirda respublika buyicha davomat 97,7 foizga yetdi.  

                                             

2. Shuningdek, o‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruxida tarbiyalashga qaratilgan chora tadbirlar doirasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinflari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori tayyorlandi.

 

Shu kunga qadar Milliy gvardiya tasarrufida Respublika buylab har bir viloyatda 4 tadan maktablarda jami 56 ta maktablarda 265 ta “Yosh gvardiyachilar”  sinflari mavjud bo‘lgan.

 

Endilikda Qarorga asosan har-bir Maktabning 9-sinfidan boshlab bittadan “Yosh gvardiyachilar” vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi va u ikki bosqichda amalga oshirilib birinchi bosqichda – 2024/25-o‘quv yilida 2 530 ta, ikkinchi bosqichda – 2025/26-o‘quv yilida 2 536 ta maktablarda harbiy vatanparvarlik sinflari o‘z faoliyatini boshlaydi.

 

3. Maktablarda o‘quvchi va o‘qituvchilarni xavfsizligini taʼminlash borasida hozirda qorovullarning yangi ish tizimi joriy qilindi. Oldin maktab qorovuli faqat tungi paytda maktab ichkarisida o‘tirish bilan chegaralgan bo‘lsa, hozirda yangi ish tartibi bo‘yicha bir nafar qorovul kunduzgi vaqtda xizmat olib boradi, maktabga begonalar kirishini oldini oladi, kirish-chiqish va ichki tartibni nazorat qiladi. Qorovullik lavozimlari boschiqma-bosqich harbiy xizmatni o‘tagan yosh kadrlar bilan to‘ldirilmoqda.

 

Bir so‘z bilan aytganda har bir maktab qulf-kalitli bo‘ldi.

 

Ushbu tizim o‘z samarasini ko‘rsatib so‘ngi haftani o‘zida respublikamiz bo‘yicha 6 ta turli holatlarda  maktablarga begonalar kirishining oldi olindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.