Navoiydagi “dom”larning birida yong‘in chiqdi
Yong‘inni o‘chirishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan.

Navoiy viloyati FVB axborot xizmati xabar berishicha, joriy yilning 11 mart kuni soat 09:25da Navoiy shahri “Umid” mahallasi, G‘alaba shoh ko‘chasidagi xonadonlardan birining 40 kv.m maydonida ichki qismi hamda uy jihozlari yongan. Yong‘indan yashash uyining 20 kv.m maydoni saqlab qolingan.
Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 09:31 da yetib borib, 09:34 da o‘rab olingan. 09:41 da yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa 4 kilometrni tashkil etadi. Hozirda hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.







