Xorazmda kuchli yomg‘ir sabab 5 ta tuman aholisi "svetsiz" qoldi
Bu haqda Energetika vazirligi maʼlum qildi.

Xabarga ko‘ra, soat 12:15 da Xorazm viloyatida yuz berayotgan kuchli yomg‘ir oqibatida 6-10 kVli 41 ta elektr uzatish tarmog‘i 78 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chgan.
Buning natijasida, Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa, Qo‘shko‘pir va Yangiariq tumanlari isteʼmolchilari qisman (12 ming 500 ta) va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli yomg‘ir va shamol) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda.







