Iqtisodiyot

Kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi

Ayrim talaba-o‘quvchilar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 10 aprelga qadar qilib belgilandi

Kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi

 

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-o‘quvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati joriy yilning 10 apreliga qadar etib belgilandi.

 

Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:

 

Oliy taʼlim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida o‘qishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni o‘zlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, to‘lovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish bo‘yicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;

 

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan o‘qishini ko‘chirayotgan, ko‘chirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;

 

Professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga to‘lov-kontrakt asosida o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.