O'zbekiston

O‘zbekiston yer sathi eng ko‘p cho‘kib borayotgan davlatlar qatoriga kiritildi

AQSH geologlari ikki milliard odam uchun xavf tug‘dirayotgan tahdidni aniqladi.

O‘zbekiston yer sathi eng ko‘p cho‘kib borayotgan davlatlar qatoriga kiritildi

 

Geophysical Research Letters jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, bu yer sathining cho‘kishi bilan bog‘liq jiddiy muammo hisoblanadi.

 

Qayd qilinishicha, aholi zich joylashgan hududlarda cho‘kishga olib keladigan omillardan biri yer osti suvlarini olishdir. Olimlar yer osti suvlarini tortib olish darajasi va cho‘kish darajasi o‘rtasida sezilarli ijobiy bog‘liqlik borligini aniqladi. Yaʼni bu hududlar ushbu geologik xavfni kamaytirish uchun suvdan samarali foydalanishga muhtoj.

 

Tadqiqotchilar yerning cho‘kishi bilan bog‘liq bo‘lgan va masofadan turib zondlash natijasida to‘plangan maʼlumotlardan foydalangan. Ular Yer yuzasining 6,3 million kvadrat kilometrdan ko‘prog‘i (dunyodagi umumiy quruqlik maydonining taxminan 5 foizi) yiliga 5 millimetrdan ortiq cho‘kib borayotganini aniqlagan. Bu zarar yetkazish uchun kifoya qiladigan ko‘rsatkich hisoblanadi.

 

Kompyuter orqali modellashtirish jarayonida yer osti suvlarini nazoratsiz tortib olish yer cho‘kishining asosiy sababi ekani aniqlangan. Undan keyin zilzilalar bilan bog‘liq seysmik faollik, keyin esa yer osti suvlarining to‘ldirilishiga taʼsir qiluvchi atrof-muhit sharoitlari (yaʼni yog‘ingarchilik) turadi.

 

Qayd qilinishicha, Janubiy Osiyo cho‘kish xavfi ostida bo‘lgan eng katta yer maydoniga ega – umumiy maydonining 2,2 foizi yiliga 50 millimetrdan ortiq cho‘kmoqda.

 

Cho‘kish darajasi yiliga eng ko‘p — 50 millimetrdan oshadigan davlatlar qatorida Filippin, Eron, Kosta-Rika, Indoneziya va O‘zbekiston sanab o‘tilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston yer sathi eng ko‘p cho‘kib borayotgan davlatlar qatoriga kiritildi | Zamon.uz