O'zbekiston

Baxtiyor Saidov Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

Kobulda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston — Afg‘oniston muzokaralarida iqtisodiy aloqalarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Baxtiyor Saidov Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Kobul shahriga tashrifi davomida kecha Afg‘oniston muvaqqat hukumatining bir qancha mansabdor shaxslari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.

 

"Kobulga tashrifimiz chog‘ida Afg‘oniston muvaqqat hukumatining bir qancha mansabdor shaxslari – bosh vazir v.b. Mulla Muhammad Hasan Oxund janobi oliylari, bosh vazir o‘rinbosari v.b. Mavlaviy Abdul Salom Hanafiy janobi oliylari, bosh vazir o‘rinbosari v.b. Mulla Abdul G‘ani Barodar janobi oliylari, tashqi ishlar vazirligi v.b. Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy janobi oliylari, ichki ishlar vaziri v.b. Xalifa Sirojiddin Haqqoniy janobi oliylari, savdo va sanoat vaziri v.b. Nuriddin Aziziy janobi oliylari bilan uchrashuvlar o‘tkazdik", — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram kanalida. 

 

 

Muzokaralar chog‘ida o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi. Iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

"Bizni boy va mushtarak tariximiz, umumiy anʼanalarimiz va kelajagimiz birlashtiradi. Birgalikda amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan ko‘plab imkoniyatlar mavjud", — deb yozadi Baxtiyor Saidov.

 

 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 10 mart kuni tashrif bilan Doha shahriga bordi hamda Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.