Kristofer Nolan “Oppengeymer” filmidan qancha ishlab topdi?
Ushbu film kuni kecha Oscar‘ning 7 nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Forbes maʼlumotiga ko‘ra, Nolan “Oppengeymer”ning yaratilishi va prokatidan 72 million dollar foyda ko‘rgan. Bu tarixdagi eng katta rejissyorlik gonorarlaridan biri hisoblanadi.
Manbaning qayd etishicha, Nolan Oscar‘ning 7 nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan filmdan 85 million dollar ishlab topgan, biroq agentlari va advokatlariga 10 million dollardan ko‘proq pul to‘lagan.
Dunyodagi birinchi atom bombasini yaratuvchisi haqidagi film 2023 yil iyul oyida debyut qilgan va butun dunyo bo‘ylab 950 million dollardan ortiq daromad keltirgan.







