O‘zbekiston xalq artisti Hamza Umarov haqida film suratga olindi
Film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan O‘zbekiston Milliy kinofondi tomonidan suratga olindi.

Ssenariy muallifi Nigora Karimova va Lobar Qobilova, rejissyor Eljon Abbasov, operator Rahmatilla Yoqo‘bov.
Hamza Umarov ishtirokidagi “O‘tkan kunlar”, “Mahallada duv-duv gap”, “Chinor ostidagi duel”, “Ali bobo va qirq qaroqchi” kabi filmlar haligacha tomoshabinlar eʼtiboridan tushmagan. Aktyor dublyaj sohasida ham o‘z o‘rni va ovoziga ega edi.







