O'zbekiston

O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi sharoitida suv ta'minotini muhofaza qilishga qaratilgan loyiha ishga tushirildi

Bugun “O‘zbekistonda suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini iqlim o‘zgarishi sharoitida favqulodda ifloslanishdan himoya qilish sohasidagi faoliyatni kuchaytirish” loyihasini ishga tushirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi sharoitida suv ta'minotini muhofaza qilishga qaratilgan loyiha ishga tushirildi

14-mart kuni Toshkentda 22-mart — “Butunjahon suv resurslarini muhofaza qilish kuni” munosabati bilan BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining (YeIK) Oʻzbekiston Respublikasining “Suv va salomatlik” to‘g‘risidagi protokolga qo‘shilishi munosabati bilan “O‘zbekistonda suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini iqlim o‘zgarishi sharoitida favqulodda ifloslanishdan himoya qilish sohasidagi faoliyatni kuchaytirish” loyihasini ishga tushirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir BMT YeIK, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tog‘-kon va geologiya vazirligi tomonidan tashkil qilindi. Unda Ekologiya Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish siyosati bo'limi boshlig‘i Abdumajid Xolmurodov, Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Baxtiyor Po‘latov, YeIK ijrochi kotibi o‘rinbosari Dmitriy Maryasin, UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixona missiyasi rahbari o‘rinbosari, Hamkorlik departamenti rahbari Rahel Boesch, xalqaro tashkilotlar va mahalliy vazirliklar vakillari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Ma’lumot uchun, mazkur loyiha Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan moliyalashtirilib, 2024–2026-yillarda amalga oshirilmoqda. 

 

“Loyiha suv ta'minoti va kanalizatsiya sohasida milliy boshqaruv hamda salohiyatni yaxshilash, shuningdek, suvning favqulodda, ayniqsa, togʻ-kon chiqindilari bilan ifloslanishining oldini olishga qaratilgan, — dedi Ekologiya vazirligi bosh mutaxassisi G‘olib Shukurov. — Qolaversa, iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish, transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy almashinuvni rivojlantirishga alohida eʼtibor beriladi”.



Tadbir davomida loyihaning ishga tushirilishi hamda Oʻzbekistonning “Suv va sogʻliqni saqlash toʻgʻrisida”gi Protokolga qoʻshilishi munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi. Shuningdek, suv, sanitariya va sogʻliqni saqlash, Oʻzbekistonning ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar toʻgʻrisidagi konventsiyaga qoʻshilishi va suvning tasodifiy ifloslanishining oldini olish masalalari muhokama qilindi.

 

Bundan tashqari, tadbirda vazifalar, texnik topshiriqlar va Oʻzbekistonning chiqindi suv omborlari xavfsizligi va suv resurslarini boshqarish boʻyicha idoralararo ishchi guruhini tashkil etish boʻyicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokamasi ham kun tartibidan o‘rin oldi. 

 

“Oʻzbekistonning “Suv va sogʻliqni saqlash toʻgʻrisida”gi Protokolga qoʻshilishidan  mamnunmiz. Bu muhim, chunki aniq harakat rejasi, aniq maqsadlarni belgilashga xizmat qiladi hamda O‘zbekistonning suv resurslarini boshqarish borasidagi ishlarining ahamiyati oshiradi”, — dedi Rahel Boesch.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.