Daniya ayollarni harbiy xizmatga chaqirmoqchi
Yangi o‘zgarishlar 2026 yildan joriy qilinadi.

Daniya harbiy xizmatga chaqiruv muddatini uzaytirish, askarlar sonini oshirish va ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni joriy etishni rejalashtirmoqda.
Daniya vaziri yosh ayollar va erkaklar harbiy xizmatga mutlaqo teng shartlar asosida jalb etilishini aytdi. “Jinsidan qatʼi nazar, barcha yoshlar harbiy xizmatga chaqiriladi”, - deya tushuntirdi u.
Hozirda Daniya fuqarolari ixtiyoriy ravishda armiyada xizmat qilishlari mumkin. Hukumat tomonidan taklif qilingan o‘zgarishlar 2026 yildan kuchga kiradi.
Daniya, shuningdek, harbiy xizmat muddatini to‘rt oydan 11 oygacha oshirishni, muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning umumiy sonini 4,7 ming nafardan 5 ming nafarga oshirishni rejalashtirmoqda.







