Toshkentda 5 ta mashina avariyaga uchradi
Oqibatda 3 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Kecha, 14-mart kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida 5 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB maʼlumot berdi.
Holat Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida soat 19:40 larda yuz bergan. Unda 5 ta avtomashina — Lacetti, 3 ta Cobalt va Kinglong o‘zaro to‘qnashib ketgan.
Hodisa oqibatida 3 nafar haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan.
Yo‘l transport hodisasi yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







