Toshkentda maktab o‘quvchisi uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentda 15 yoshli maktab o‘quvchisi avtomashinalarni takroran o‘g‘irlagani uchun uch yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Hodisa Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan. 15 yoshli maktab o‘quvchisi maktabni tashlab, mashina o‘g‘irlay boshlaydi. U uchinchi avtomashinani o‘g‘irlaganidan keyin baxtsiz hodisaga uchragach va jinoiy javobgarlikka tortilgan. Birovning mashinasida bo‘lgan o‘smir ustunga borib urilgan. Ayblanuvchining otasining aytishicha, voqea sodir bo‘lgan kuni o‘smir amakisi bilan janjallashib, uydan chiqib ketgan.
O‘quvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddaning 1-qismi, JKning 85-moddasiga ko‘ra uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. Jazoni axloq tuzatish koloniyasida o‘taashi belgilangan.







