Kim Chen In qizi bilan harbiy mashg‘ulotlar joyiga bordi
Ular desantchilarning mashqlarini yaqindan kuzatgan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va uning qizi Koreya xalq armiyasi havo-desant qo‘shinlarining mashg‘ulotlarida qatnashdi. Bu haqda Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
Shimoliy Koreya rahbari va uning qizi kuzatuv punktidan durbin orqali desantchilarni kuzatgan. Keyin ular otishmani yaqindan tomosha qilish va harbiylar bilan salomlashish uchun pastga tushishdi. Kim Chen In jangchilarni maqtab, ularning mashqlardagi muvaffaqiyatini qayd etdi.







