Afg‘onistonlik ayol 5 egizakni dunyoga keltirdi
Hozirda ularning ahvoli qoniqarli.

Kecha, 16-mart kuni Afg‘onistonda ayol 5 nafar egizak farzandni dunyoga keltirdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Nangarhor viloyati tug‘uruqxonasida 39 yoshli ayol to‘rt o‘g‘il va bir qiz farzandni dunyoga keltirgan.
Hozirda chaqaloqlar va ularni dunyoga keltirgan ona salomatligi qoniqarli.
Nangarhor viloyati Afg‘oniston sharqida joylashgan tog‘li hududdir. Mazkur hududda sog‘liqni saqlash tizimining nisbatan past darajasi tufayli onalar va bolalar o‘limi bilan bog‘liq holat nisbatan yuqori.







