Bosh vazir Bo‘stonliqdagi hasharda ishtirok etdi
Vazirlar Mahkamasi xodimlari hasharda ikki mingga yaqin ko‘chat ekishgan.

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida 16-18 mart kunlari O‘zbekistoning barcha hududlarida anʼanaviy tarzda xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tayotgan ushbu tadbirda Vazirlar Mahkamasining xodimlari ham faol ishtirok etdi.
Ular tomonidan bugun, 17 mart kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 3 gektardan ziyodroq maydonga qariyb ikki mingga yaqin eman, qayrag‘och, terak, o‘rik, bodom singari mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Umumxalq xayriya hasharida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.







