Zanjirga bog‘langan bola yuzasidan jinoiy ish ochildi
BP bu bo‘yicha bayonot berdi.

Avvalroq Samarqand shahrida bir bola Damas rusumli avtomashinada oyog‘i zanjir orqali kishanlanganligi xabar qilingandi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi bayonot berdi.
Qayd etilishicha, bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilinganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayoni nazoratga olingan.







