Bozorda soxta Milliy gvardiya xodimi ushlandi
Hozirda u IIB xodimlariga topshirilgan.

Toshkentdagi “Eski Juva” bozorida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga jalb qilinib, xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan yana bir soxta xodim qo‘lga olindi.
Kecha, 17 mart kuni soat 13:05 larda “Eski Juva” bozori hududida xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya xodimlarining sergakligi tufayli ushbu bozorda Milliy gvardiyaning dala kiyimida yurgan notanish shaxs qo‘lga olindi.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida o‘zini Milliy gvardiya xodimiman deb yurgan ushbu shaxs aslida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi 27 yoshli fuqaro M.A. ekanligi, shuningdek Toshkent shahar 1-sonli ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlangan.
Ushbu fuqaro Shayxontohur tumani IIB masʼul xodimlariga topshirilib, soxta guvohnoma va harbiy kiyim-kechaklari olib qo‘yilgan.







