Buxoro viloyati IIBning ikki xodimi xodimi qo‘lga olindi
Ular giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga aralashgani aniqlanib, tezkor tadbir davomida jinoyat ustida ushlangan.

Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining ikki nafar ofitser xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda ichki ishlar vaziri matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 16 mart kuni ushbu ikki xodim giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga aralashgani aniqlanib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jinoyat ustida ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan JKning 25-moddasi, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Maʼlum qilinishicha, tergov harakatlari olib borilmoqda.







