Davron Hidoyatov yangi lavozimga tayinlandi
U bir necha kun avval Chirchiq shahar hokimi lavozimidan ozod etilgandi.

Davron Hidoyatov "O‘zavtosanoat" raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Hidoyatov bir necha kun avval boshqa ishga o‘tishi sabab Chirchiq shahar hokimi lavozimidan ozod etilgan edi.
Davron Hidoyatov 2021 yil noyabrigacha Toshkent viloyati hokimi lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Davron Hidoyatov 2021 yil noyabrida, Toshkent viloyati hokimi lavozimini egallab turgan vaqtida Zulfiya Zokirova majmuasi uchun 28 milliard so‘mdan oshiq pul ajratishga qaror qilgandi. Ammo o‘sha oyda Hidoyatov ishdan olinib, uning o‘rniga Zoyir Mirzayev tayinlangan va majmuani qurish kechiktirilgani maʼlum qilingan.







