O'zbekiston

Mirziyoyev Putinni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

RFning amaldagi prezidenti uch kun davom etgan saylovlarda rekord natija bilan g‘alaba qozonib, beshinchi muddatga saylandi.

Mirziyoyev Putinni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi.

 

"Davlatimiz rahbari maktubida saylovchilarning yuqori faolligi va ovoz berish natijalari aholi Vladimir Putinning siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturiga ishonch bildirayotgani va ularni qatʼiy qo‘llab-quvvatlayotganining navbatdagi yorqin namoyishi bo‘lgani taʼkidlanadi.

 

Mamlakatimiz yetakchisi Rossiya prezidentiga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi", — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

 

15-17 mart kunlari Rossiyada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. RF markaziy saylov komissiyasining so‘nggi maʼlumotlariga ko‘ra, byulletenlarning 99,67 foizi hisoblab chiqilganidan keyin, amaldagi prezident Vladimir Putin 87,32 foiz ovoz bilan g‘alaba qozonmoqda. Keyingi o‘rinlarni mos ravishda kommunistik partiya (KPRF) nomzodi Nikolay Xaritonov (3,8 foiz), "Yangi odamlar" partiyasi nomzodi Vladislav Davankov (3,73 foiz) va liberal-demokratlar partiyasi rahbari (LDPR) Leonid Sluskiy (2,96 foiz) egallagan. 

 

Shu tariqa, Putin beshinchi muddatga prezidentlik lavozimiga kirishadi. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Mirziyoyev Putinni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi | Zamon.uz