Netanyahu SAXALning Rafahga hujumini keyinga qoldirdi
U Shols bilan uchrashuvdan so‘ng shu qarorga kelgan.

U mamlakat mudofaa kuchlarining G‘azo sektoridagi Rafahga avvalroq eʼlon qilgan hujumini tinch aholi shaharni tark etmaganligi sababli kechiktirishga tayyorligini maʼlum qildi.
Germaniya kansleri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuvda Isroilni uzoqroq muddatga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borishga chaqirdi va so‘nggi oylarda yuz minglab falastinliklar ko‘chirilgan G‘azo sektori janubiga Isroilning qurolli hujumi oqibatlaridan ogohlantirdi.
Shuningdek, kansler mintaqaga insonparvarlik yordami yetkazib berish hajmini oshirishni ham talab qilgan.
"Biz falastinliklarning ochlikdan o‘lishini jimgina kuzatib turolmaymiz", — deya taʼkidladi Shols.







