O'zbekiston

O‘zbekistonda yomg‘ir suvidan isteʼmol uchun foydalanish taklif etildi

Bu bo‘yicha Ekologik partiya dastur ishlab chiqmoqchi.

O‘zbekistonda yomg‘ir suvidan isteʼmol uchun foydalanish taklif etildi

 

"O‘zbekiston Ekologik partiyasi mamlakatda yomg‘ir suvidan foydalanish tizimini joriy etish dasturini qabul qilishni taklif qilmoqda. Partiyamiz bu borada takliflar ishlab chiqib, hukumatga taqdim etadi", — deyiladi xabarda.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, birgina Markaziy Osiyoda so‘nggi 50-60 yil ichida muzliklar maydoni qariyb 30 foizga qisqargan, O‘zbekiston esa suv tanqisligidan aziyat chekayotgan davlatlar reytingida 25-o‘rinni egallagan.

 

Ekologik partiya to‘g‘ri tozalangan yomg‘ir suvi turli ishlab chiqarish jarayonlarida qayta foydalanish uchun maʼlum talablarga javob beradi deb hisoblaydi. 

 

“Mutaxassislarning fikricha, yomg‘ir suvidan foydalangan holda bir kishi kuniga o‘rtacha 71 litrgacha ichimlik suvini tejashi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.

 

O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, suv tanqisligi tufayli respublikada so‘nggi paytlarda yillik suv isteʼmoli o‘tgan asrning 80 yillaridagi 64 milliard kub metrdan 51-53 milliard kub metrgacha kamaygan. Respublikada bir kishi boshiga suvning solishtirma isteʼmoli yiliga 1,56 ming kub metrgacha kamaydi, aholi soni esa yillar davomida 15 million kishidan 2023 yilda 36,8 million kishiga o‘sdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda yomg‘ir suvidan isteʼmol uchun foydalanish taklif etildi | Zamon.uz