“So‘zanalarda har bir gul va naqshlar chuqur maʼnoga ega”
Saida Mirziyoyeva Bokudagi ko‘rgazmada ishtirok etmoqda.

Ozarbayjon poytaxtidagi Haydar Aliyev markazida “Choklardagi meros: O‘zbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasi ochildi.
Unda 140 dan ortiq bezakli amaliy sanʼat namunalari taqdim etilgan.
“So‘zanalar kashtachi ustalar tomonidan oylar davomida tikiladi. Ulardagi har bir gul va naqshlar chuqur maʼnoga ega.
Anʼanaviy zar choponlarimiz, rang-barang so‘zanalar va qimmatbaho toshlar bilan bezalgan kumush taqinchoqlar ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarda unutilmas taassurot qoldiradi, degan umiddaman.
Muzey mutaxassislari va ushbu ko‘rgazmani tashkil etishda qatnashgan barchaga chin yurakdan minnatdorlik izhor etaman”, — deb yozdi ko‘rgazmada ishtirok etayotgan Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva.







