O'zbekiston

Mirziyoyev Sergelidagi Yoshlar bog‘iga ko‘chat ekdi

Prezident bog‘ loyihasida qatnashayotgan investor va loyihachilar, chet ellik diplomatlar bilan muloqot qildi.

Mirziyoyev Sergelidagi Yoshlar bog‘iga ko‘chat ekdi

Davlatimiz rahbari poytaxtimizning Sergeli tumanida tashkil etilayotgan Yoshlar bog‘iga ko‘chat o‘tqazdi.

 

Maʼlumki, Prezident tashabbusi bilan 2021 yildan buyon “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Jumladan, ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Toshkentning “yashil belbog‘i” tashkil etilmoqda. Yoshlar bog‘i shu halqaning muhim bo‘g‘ini bo‘ladi.

 

Davlatimiz rahbariga bog‘ loyihasi haqida axborot berildi. Uning maydoni 75 gektardan ziyod bo‘lib, hududi jihatidan poytaxtimizda “Yangi O‘zbekiston” bog‘idan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. 

 

 

Bog‘ yettita katta hududga bo‘linadi. Markaziy xiyobonda turli maydonlar, ming o‘rinli ochiq amfiteatr, milliy va xalqaro gastronomik zonalar barpo etiladi.

 

Ochiq havoda ovqatlanish va qiziqarli mashg‘ulotlar uchun alohida joylar bo‘ladi. Musiqiy favvoralar, ochiq osmon ostidagi kinoteatr, sanʼat ko‘rgazmalari va lazer-shou imkoniyatlari yaratiladi. Bolalar uchun sport va o‘yin maydonlari, mashhur ertaklardagi qishloqlar, ustaxona, kutubxona tashkil etiladi. Sunʼiy ko‘l, kanoe va suzish havzasi, baliq ovi dam oluvchilarga huzurbaxsh bo‘ladi.

 

 

19-mart kuni Toshkent shahri jamoatchiligi, davlat tashkilotlari va diplomatik korpus vakillari, yoshlar ishtirokida boqqa ko‘chatlar ekildi.

 

Prezident bog‘ loyihasida qatnashayotgan investor va loyihachilar, chet ellik diplomatlar bilan muloqot qildi.

 

"Xalqimiz qayerda bo‘lsa, daraxt ekishga intilgan. Amir Temur Samarqand atrofida so‘lim bog‘lar barpo etgan, boshqa shaharlarni ham obod qilgan. Buyuk bobolarimizga munosib bo‘lib, bu ishlarni qilayapmiz", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

 

Davlatimiz rahbari boqqa kelgan yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashib, ularni Navro‘z bilan tabrikladi. 

 

Boqqa birinchi bosqichda ming tupdan ziyod kashtan, eman, sharqiy chinor, qizil kurtak, magnoliya, gujum kabi manzarali daraxtlar hamda buta va gullar ekiladi. Loyiha yakuniga qadar ularning soni 20 ming tupga yetadi.

 

 

Yana bir eʼtiborli tomoni, bu bog‘da tabiiylik, o‘rmon shakli, ekzotik manzara hosil qilinadi. Bog‘ foydalanishga topshirilishi bilan 350 tadan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

 

Ayni kunlarda ham hududlarda ko‘chatlar ekilmoqda. Umuman, yurtimizda 347 gektar maydonda “yashil hudud”, 187 ta vazirlik va hokimlik bog‘lari barpo etilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Mirziyoyev Sergelidagi Yoshlar bog‘iga ko‘chat ekdi | Zamon.uz