O'zbekiston

Namanganda salkam 10 ming dollar soxta pul aniqlandi

Ular Qirg‘iz Respublikasidan olib kelingan.

Namanganda salkam 10 ming dollar soxta pul aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tezkor tadbirda qalbaki xorijiy valyutalarni muomalaga chiqarishga uringan shaxslar ushlandi.

 

Xususan, “Namangan-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi «Honda» rusumli avtomashina Pop tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda qalbaki 4 ming AQSH dollari borligi maʼlum bo‘ldi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u mazkur qalbaki valyutalarni kelgusida sotish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqarodan 2200 AQSH dollariga sotib olganligi aniqlandi.

 

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro qalbaki 5400 AQSH dollarini haqiqiy 3 ming AQSH dollariga ayirboshlagan vaqtida ushlandi.

 

Aniqlanishicha, u qalbaki valyutalarni Qirg‘iz Respublikasidagi jinoiy sheriklaridan olib kelgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jami qalbaki 9400 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Namanganda salkam 10 ming dollar soxta pul aniqlandi | Zamon.uz