Qashqadaryodagi saylda gaz balloni portlab ketdi
Oqibatda 37 kishi tan jarohati olgan.

Kecha, 18 mart kuni Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida o‘tkazilayotgan saylda gaz chaqnashi natijasida gaz balonni portlab ketdi.
Oqibatda 37 nafar fuqarolar yong‘in tufayli turli darajada jarohat olib, shifoxonaga olib kelingan hamda 7 nafari statsionar tartibda shifoxonaga yotqizilgan, 17 nafarining ahvoli qoniqarli bo‘lganligi bois ambulator ko‘rikdan o‘tkazilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan, 13 nafarida tan jarohatlari aniqlanmaganligi sababli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uyiga qaytarilgan.
Mazkur holat yuzasidan Ko‘kdala tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 207-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.







