Toshkentda 1-sinf qiz o‘qituvchi tazyiqiga uchradi
Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha maʼlumot berdi.

Toshkentda 1-sinf o‘quvchisi o‘qituvchisi tomonidan tazyiqqa uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Murojaatda aytilishicha, 2016 yilda tug‘ilgan F.S. Shayxontohur tumani 167-sonli maktabda 1-sinfda taʼlim oladi, mazkur sinf rahbari M.O. qizchani koyigan va unga jismoniy chora qo‘llab, pedagog axloq-odob qoidalariga zid xatti-harakatlar sodir etgan.
Shayxontohur tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi o‘rganishiga ko‘ra, holat o‘z tasdig‘ini topib, sinf rahbari M.O. bolaga nisbatan hech bir tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslik borasida ogohlantirildi va unga tegishli intizomiy chora qo‘llanilgan.







