O'zbekiston

"Bu og‘ir mehnat, lekin juda savobli va kerakli mehnat" — Shavkat Mirziyoyev

Prezident “Muruvvat” uyidagi bolalar holidan xabar oldi. Ijtimoiy xizmat xodimlari ishini eʼtirof etib, bolalarga mehr-muruvvati uchun minnatdorlik bildirdi.

"Bu og‘ir mehnat, lekin juda savobli va kerakli mehnat" — Shavkat Mirziyoyev

 

 

Shavkat Mirziyoyev bolalarning mashg‘ulotlarini birma-bir kuzatdi. Ular bilan suhbatlashib, mehrini izhor qildi. Sharoitlarni yaxshilab, qulayliklar yaratib, nogironligi borlarning iloji boricha hayotda o‘rin topishiga ko‘mak ko‘rsatilishini aytdi. Ijtimoiy xizmat xodimlariga bolalarga mehr-muruvvati uchun minnatdorlik bildirdi.

 

"Bolalarimizga yaxshi qarayotganingiz uchun katta rahmat sizlarga. Bu og‘ir mehnat, lekin juda savobli va kerakli mehnat", — dedi davlat rahbari.

 

 

Bolalarni imkon qadar reabilitatsiya qilish va hayotga moslashtirish, ota-onalarga psixologik yordam berish masalalari bo‘yicha fikr almashildi. So‘nggi yillarda imkoniyat va tizim paydo bo‘lgani, boshqa ijtimoiy muassasalardagi sharoitlarni ham yaxshilash zarurligi taʼkidlandi.

 

Endilikda “Muruvvat” uylari zamonaviy reabilitatsiya jihozlari bilan taʼminlanib, o‘z ishini yangi konsepsiya asosida yo‘lga qo‘yadi. Unga ko‘ra, bolalar individual rivojlanish dasturlari asosida jamiyatga integratsiya qilinadi. Barcha “Muruvvat” uylarida uchrashuv xonalari tashkil etiladi.

 

Shuningdek, “Qo‘llab-quvvatlash klublari” tuzilib, malakali mutaxassislar vasiylarga nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlash, oila sharoitida tarbiyalash va jamiyatga moslashtirish bo‘yicha bilimlar beradi. Alohida taʼlimga tavsiya berilmagan, og‘ir darajadagi kasalliklari mavjud bolalar uchun “G‘amxo‘rlik guruhi” tashkil etiladi. Barcha hududiy reabilitatsiya markazlarida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun shunday xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"Bu og‘ir mehnat, lekin juda savobli va kerakli mehnat" — Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz