Dunyodagi eng baxtli davlat maʼlum bo‘ldi
Bu bo‘yicha o‘ntalik reyting eʼlon qilindi.

Finlyandiya ketma-ket yettinchi marta dunyoning eng baxtli davlati deb tan olindi, kuchli uchlikka o‘tgan yilgidek shimoliy mamlakatlar kiradi: Daniya ikkinchi o‘rinda, Islandiya uchinchi o‘rinda.
"Reytingning birinchi o‘ntaligi koronavirus pandemiyasidan oldingi davrdan beri deyarli o‘zgarmadi. Finlyandiya hali ham birinchi o‘rinni egallab turibdi", deyiladi hisobotda.
Eng baxtli davlatlar o‘nligiga Shvetsiya, Isroil, Niderlandiya, Norvegiya, Lyuksemburg, Shveytsariya va Avstraliya ham kirdi.







