Endi o‘qishga kirolmagan o‘g‘il bolalar majburiy harbiy xizmatga yuborilishi mumkin
Alisher Qodirov ushbu taklifni ilgari surmoqda.

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov o‘qishga kirolmagan o‘g‘il bolalarni majburiy harbiy xizmatga jalb qilishni taklif qildi.
"Tarbiya masalasida keskin qarorlardan qochmaslik kerak.
Maktabni tugatgan, o‘qishga kirganlardan tashqari barcha o‘g‘il bolalarni to‘lovlarsiz, bir yillik majburiy harbiy xizmatga jalb qilish lozim. Tartib va masʼuliyatni maktab va harbiy xizmatda o‘rgatmasak, qamoqxonada hech qachon o‘rgatib bo‘lmaydi.
O‘zbekistonni erkinlikni hadsizlik deb biladigan, atlas kostyum xunasalar emas, o‘z qadrini biladigan, tafakkur qiladigan o‘g‘il-qizlar rivojlantiradi", degan u.







