Logoped Dilorom Jabborovaga jinoiy ish ochildi
Hozirda tergov o‘tkazilmoqda.

Avvalroq logoped Dilorom Jabborovaning duduqlangan bolani so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolashga uringani aks etgan video tarqalgandi. Tegishli tashkilotlar tomonidan bu usul «ilmiy asoslanmagan va pedagogika qoidalariga zid» deb topildi. Shuningdek, u aldash va odamlar ishonchini suiisteʼmol qilishda ayblanib, firibgarlik bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
Hozirda Yunusobod tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun, Dilorom Jabborovaning Instagram sahifasida 538 ming obunachisi bor, YouTube‘da esa uni 25 mingdan, Telegram‘da 8 mingdan ortiq kishi kuzatadi.







