Namanganda daraxt kesgan amaldor 70 mln jarimaga tortildi
Hozirda to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi va Yangi Namangan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘simlik dunyosiga nisbatan qonunbuzarlik holatlarini aniqlash maqsadida reyd tashkil etdi.
“Oromgoh” mahallasidagi “Fizioterapiya va pulmonologiya markazi”ning bolalar bo‘limi hududida o‘tkazilgan reydda obodonlashtirish ishlari davomida muassasa xodimlari tomonidan 2 tup chinor va 1 tup kashtan daraxti noqonuniy ravishda kesilgani aniqlandi.
Holat yuzasidan tashkilot rahbari V.B. ga nisbatan MJtKning 79-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, BHMning 10 barobari – 3 million 400 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, o‘simlik dunyosiga 69 million 200 ming so‘m zarar yetkazilganligi maʼlum bo‘ldi.
Qonunbuzarlik uchun huquqbuzardan jarima undirilib, zararni undirish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborildi.







