O'zbekiston

O‘zbekistonning sivilizatsiya salohiyati:  yumshoq kuch mexanizmi sifatida”  mavzuida media-tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirda “O‘zbekiston madaniy merosi” va “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidagi kitob-albomlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

O‘zbekistonning sivilizatsiya salohiyati:  yumshoq kuch mexanizmi sifatida”  mavzuida media-tadbir bo‘lib o‘tdi



Poytaxtda Navro‘z umumxalq bayrami arafasida O‘zbekistonning sivilizatsiya salohiyati:  yumshoq kuch mexanizmi sifatida”  mavzuida media-tadbir bo‘lib o‘tdi.  Tadbir O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish,  saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU)tomonidan tashkil etildi.

 

Mehmonlarga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti,  shuningdek,  yoshlar klublari faoliyati haqida videorolik hamda WOSCU faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli filmlar namoyish etildi.

 

 

– Bizning maqsadimiz ikki kuchni – diplomatiya va madaniyatni birlashtirishdir. WOSCU juda ko‘p tadqiqot ishlarini amalga oshirdi va bu bilim kelgusida bo‘lajak diplomatlar faoliyatida amaliy foyda keltirishi mumkin. Biz kinematografiya sohasida ham amaliy hamkorlikni rejalashtirmoqdamiz. O‘zbek kinosi boy merosga ega bo‘lib, bizning maqsadlarimizdan biri yumshoq kuchni targ‘ib qilish, kino orqali maʼrifatparvar ziyolilar, jadidlar tarixi haqida xorijiy mamlakatlarga yetkaza olishdir. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va Kino jamg‘armasi bilan hamkorlikda xalqaro kinoklub tashkil qilib, O‘zbekistonda ishlayotgan diplomatlarni taklif qilamiz va o‘zbek kinosini xorijda namoyish etamiz”, — dedi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisiningbirinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev. 

 

Shuningdek, WOSCU tomonidan xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalariga kitob-albomlar va sertifikatlarini topshirish anʼanaviy marosimi bo‘lib o‘tdi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga “O‘zbekiston madaniy merosi” va “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumlarining 70 jildlik kitob-albomlarini olish uchun alohida sertifikatlar topshirildi. 

 

– Yangi O‘zbekistonda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida madaniy merosni o‘rganish, asrab-avaylash va ommalashtirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston madaniyati bilan shug‘ullanuvchi xorijiy muzeylar, kutubxonalar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish WOSCU faoliyatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan bu boradagi hamkorlik biz uchun yangi ufqlarni ochib, maqsadli yoshlar tufayli safimizga yangi kuch va g‘oyalarni olib kirmoqda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorligimiz O‘zbekiston madaniyati va merosi haqidagi bilimlarni yangi avlodga yetkazish nafaqat missiya, balki Vatanimiz tarixi oldidagi burch ekanligini tushunishga asoslanadi. Biz har bir o‘quvchida bu bilimlarni butun dunyoga tarqatadigan, uni xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘prikka aylantiradigan bo‘lajak madaniyat diplomatini ko‘ramiz. Bu global tushunish va tinchlik vositasi sifatida madaniyatning “yumshoq kuchi”ga bo‘lgan umumiy ishonchimizni taʼkidlaydi”, — dedi WOSCU boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov.

 

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faol va iqtidorli talabalarining chiqishlari, jumladan “Diplomat” teatr-studiyasi tomonidan tayyorlangan “Jadidlar” spektakli, “Lazgi” xorazm milliy raqsi,“Beqasam” brendi milliy liboslarining namoyishi bayramga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi.

 

 

 

– WOSCU O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan ajoyib ko‘rgazma tashkil qildi. Bu nashrlarning eng katta afzalligi shundaki, ularda mamlakatimizning xorijda saqlanayotgan turli osori-atiqalari namoyish etilmoqda. Biz xorijdagi barcha muzeylarga shaxsan tashrif buyura olmaymiz, lekin bu yerda illyustratsiyalar va batafsil tavsiflar tufayli ularni ko‘rishingiz mumkin. Biz WOSCU olimlari bilan suhbatlashdik va ko‘plab yangi maʼlumotlarni bilib oldik. Bo‘lajak diplomatlar sifatida biz uchun bunday muloqotlar juda muhim, – deydi JIDU talabasi Farangiz Normamatova.

 

“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasining bosh homiysi Eriell Group xalqaro neft-servis kompaniyasi hisoblanadi. 

 

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) 2018 yilda dunyoning 300 dan ortiq sharqshunoslari tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, 2019 yilda Parijda rasman ro‘yxatdan o‘tgan, shuningdek 2023 yilda jamiyatning Toshkent shahridagi vakolatxonasi o‘z faoliyatini boshlagan.

 

Bugungi kunda WOSCU 450 dan ortiq dunyo olimlarini birlashtirib, har yili davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar, ijtimoiy masʼuliyatli tadbirkorlik subyektlari ko‘magida “O‘zbekiston madaniy merosi” turkumidagi kitob-albomlarni nashr etadi, shuningdek madaniy tadbirlar va ommaviy axborot vositalari uchun tadbirlar uyushtiradi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonning sivilizatsiya salohiyati:  yumshoq kuch mexanizmi sifatida”  mavzuida media-tadbir bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz