O'zbekiston

1 milliarddan ziyod to‘rtta yirik davlat xaridi bekor qilindi

Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maʼlum qildi.

1 milliarddan ziyod to‘rtta yirik davlat xaridi bekor qilindi

Agentlikning masofaviy monitoring tartibidagi o‘rganishlarida umumiy qiymati 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan quyidagi davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Jumladan:

 

— Angren shahar Obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligida joriy yilning 15 fevral kuni amfiteatr temir konstruksiyalarini olib kelish xizmati yuzasidan o‘tkazilgan 200,0 million so‘mlik;

 

— Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi buyurtmachiligida joriy yilning 21 fevral kuni bayram tadbiri uchun sovg‘alar sotib olish va bayram dasturxoni yozish yuzasidan o‘tkazilgan 309,0 mln so‘mlik;

 

— Oqoltin tuman Tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida joriy yilning 28 fevral kuni laboratoriya tahlillari xizmatini ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 300,0 million so‘mlik;

 

— Urganch ixtisoslashtirilgan maqom sanʼati maktab-internati buyurtmachiligida joriy yilning 22 fevral kuni autsorsing xizmati yuzasidan o‘tkazilgan 371,1 million so‘mlik davlat xaridlari.

 

Ushbu davlat xaridlarida O‘zbekiston Respublikasi «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 20-moddasi (xarid komissiyasining huquq va majburiyatlari), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomning bir qator talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

 

Mazkur holatlar bo‘yicha xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash bayonnomalarini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachilarga Agentlikning taqdimnomalari kiritildi.

 

Agentlikning taqdimnomalariga binoan yuqoridagi davlat xaridlari bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomalari bekor qilinishi taʼminlandi.

 

Shuningdek, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

1 milliarddan ziyod to‘rtta yirik davlat xaridi bekor qilindi | Zamon.uz