O'zbekiston

Surxondaryoda fuqaro tergovda tok bilan qiynoqqa solindimi?

Tarmoqda tarqalgan xabarlarga izoh berildi.

Surxondaryoda fuqaro tergovda tok bilan qiynoqqa solindimi?

Ijtimoiy tarmoqda fuqaro tergovchilar tomonidan elektr toki bilan qiynagani haqida xabar tarqaldi.

 

Aniqlanishicha, Boysun tumanida yashovchi fuqaro A.A. o‘zining murojaatida jiyani M.A.ni joriy yilning 10 yanvar kuni tuman IIB xodimlari urib tan jarohati yetkazganligini maʼlum qilgani holati yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro M.A.ning 10.01.2024 yilda tuman IIB binosiga kirib chiqqanligi tegishli tartibda qayd qilinganligi, uning kelishi va binoni tark etishi hamda so‘rov-suhbatxonasida suhbat o‘tkazish jarayonlari tushirilgan video tasvir protsessual tartibda rasmiylashtirib olinib, ko‘zdan kechirilganda, fuqaro M.A. sog‘lom holatda kelib, sog‘lom holatda IIB binosini tark etganligi aniqlangan.

 

Shuningdek, viloyat IIB tomonidan holat bo‘yicha o‘tkazilgan idoraviy xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, tuman IIB xodimlarining harakatlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlanmagan.

 

Bundan tashqari, sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvi davomida fuqaro M.A.ning badanidagi yengil tan jarohati yetkazilgan vaqti fuqaro bayon qilgan vaqtga mos kelmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.

 

Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryoda fuqaro tergovda tok bilan qiynoqqa solindimi? | Zamon.uz