O'zbekiston

Toshkent viloyatida 7 yoshli qiz ammasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi.

Toshkent viloyatida 7 yoshli qiz ammasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etdi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro I.N. 2023 yilning 22 noyabrida Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan jiyanlari — 2011 yilda tug‘ilgan A.M. va 2017 yilda tug‘ilgan A.Ch.ning otasi T.A. va onasi T.M. Rossiyaga ketganligi sababli, o‘zi tarbiyalab kelayotgan jiyanlariga nisbatan o‘zini vasiy etib tayinlashni so‘rab, Bekobod tumani hokimi nomiga ariza bilan murojaat qilgan.

 

Bekobod tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra, fuqarolar A.M. va A.Ch. hamda I.N. jismonan va ruhan sog‘lom ekani ko‘rsatilgan.

 

Yuqoridagi xulosalarga asosan, fuqaro I.N. Bekobod tumani hokimining 2023 yil 15 dekabrida voyaga yetmaganlar A.M. va A.Ch.ga nisbatan vasiy tayinlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan.

 

Joriy yilning 12 mart kuni kech soat 20:00 larda Bo‘ka tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga voyaga yetmagan A.Ch.ning ammasi I.N. tomonidan kaltaklangani natijasida shifoxonaga tushganligi haqida xabar kelib tushgan.

 

Mazkur holat bo‘yicha Markaziy shifoxonaga borib o‘rganilganda, voyaga yetmagan A.Ch.ning jonlantirish bo‘limida yotganligi aniqlangan. Tibbiyot xodimlarining olib borgan saʼy-harakatlariga qaramay A.Ch. joriy yilning 15 mart kuni vafot etgan.

 

Hozirda fuqaro I.N. ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan hamda Ichki ishlar organlari tomonidan tergov surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyatida 7 yoshli qiz ammasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etdi | Zamon.uz