Ukrainaga yordamni kuzatish imkonini beruvchi sayt ishga tushdi
U Pentagon tomonidan yaratilgan.

Pentagon bosh inspektori bayonotida aytilishicha, veb-sayt Ukrainaga berilgan yordamdan noto‘g‘ri foydalanilmasligini taʼminlash uchun Idoralararo Ukraina nazorati guruhi sifatida tanilgan AQSHning 20 dan ortiq nazorat agentliklari tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida resurslar va maʼlumotlarni taqdim etadi.
Sayt shuningdek, Ukrainaga berilgan yordamning firibgarlik, isrofgarchilik yoki noto‘g‘ri ishlatilishi haqidagi har qanday daʼvolar haqida xabar berish uchun aloqa maʼlumotlarini taqdim etadi.
Bundan tashqari, saytda Rossiyaning 2022 yildagi bosqinidan keyin AQSHning Ukrainaga qancha yordam ko‘rsatgani — 113,4 milliard dollar, shuningdek, qurollardan noto‘g‘ri foydalanishdan himoya qilishga qaratilgan agentlik nazorati loyihalari haqida maʼlumotlar mavjud.







