O‘zbekistonda “Raqamli avlod qizlari-2024” tanlovi o‘tkaziladi
Unda onlayn va oflayn shaklda ishtirok etish mumkin.

25-29 mart kunlari “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir anʼanaviy tarzda offlayn va onlayn shaklda o‘tkaziladi:
Offlayn yo‘nalishlar:
- 3D dizayn,
- Raqamli dizayn,
- Startup loyihalar,
- Grafik dizayn.
Onlayn yo‘nalishlar:
- Python,
- Sunʼiy intellekt (AI),
- Frontend (React.js),
- veb dizayn,
- Back-end (.Net),
- Back-end (Go),
- Mobile flutter.
“Raqamli avlod qizlari-2024”ning eng faol ishtirokchilari chet elga taʼlim sayohatini qo‘lga kiritishlari mumkin.







