Ilon Mask ko‘rish qobiliyatini tiklovchi implant yaratmoqda
U hozirda hayvonlarda sinovdan o‘tkazilmoqda.

Amerikalik milliarder Ilon Mask Neuralink kompaniyasining yangi miya implantatsiyasini eʼlon qildi. U ko‘r odamlarga ko‘rish imkonini beruvchi qurilma sifatida ishlab chiqilgan.
“Blindsight – Neuralinkʼning Telepatiyadan keyingi navbatdagi mahsulotidir... Kimdir hech qachon ko‘rmagan yoki ko‘r bo‘lib tug‘ilgan bo‘lsa ham, biz ko‘rish qobiliyatini tiklay olishimizga ishonamiz”, — deb yozdi Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, implant allaqachon maymunlar ustida sinovdan o‘tkazilmoqda.







