Namanganlik o‘quvchilar “Astana Open” xalqaro turnirida g‘alaba qozondi
Ular “Zakovat” turnirida ham 1-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Ostona shahrida 8-11-sinf o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan Astana Open xalqaro festivalida Qozog‘iston va O‘zbekistondan jami 27 maktab jamoalari ishtirok etdi.
Ikki kunlik festival doirasida Musiqiy xamsa, Erudit-kvartet, Shaxsiy o‘yin va “Zakovat” bo‘yicha bellashuvlar olib borildi. Festival doirasida “Zakovat” o‘yinida 1-o‘rinni Pop tumanidagi 67-IDUMning “Geksagon” jamoasi egalladi.
Mazkur jamoa 2023 yili Umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida ham 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.







