Rossiyadagi terakt qurbonlari soni 70 kishiga yetdi
10 kishining jasadi xojatxonadan topilgani aytilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, "Krokus"dagi terakt natijasida halok bo‘lganlar soni 70 kishiga yetdi.
Ko‘plab jasadlar hojatxonalar, ovqatlanish xonalari va farroshlar jihozlar saqlanadigan xonalarda topilgan - odamlar otishmadan yashiringan.
Ko‘pchilik tutundan bo‘g‘ilib o‘lgan, ularning tanalarida hech qanday jarohat izlari topilmagan.







